Poraxoʻrlik ishlari boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 5-band. Agar tasavvur qilingan pora mansabdor shaxs tomonidan olinmagan yoki olishdan bosh…

Agar tasavvur qilingan pora mansabdor shaxs tomonidan olinmagan yoki olishdan bosh tortilgan boʻlsa, pora berishga harakat qilgan shaxsning harakatini pora berish uchun suiqasd qilish kabi tavsiflash lozim boʻladi. Ammo pora berish va olish nafaqat mansabdor shaxsning oʻzi uni olganida, balki uning ixtiyori yoki uning topshirigʻi boʻyicha uni boshqa shaxslar qabul qilganida ham tugallangan jinoyat hisoblanadi.