Diniy taassublar zamirida, jabrlanuvchining diniy eʼtiqodi bilan bogʻliq holda, koʻpincha, muayyan bir konfessiyaning qadr-qimmatini kamsitish, diniy adovat yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida sodir etilgan qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “m” bandi bilan kvalifikatsiya qilish lozim. Diniy taassublar deganda, diniy fanatizmga asoslangan gʻoyalarga ishonish, ularga kundalik hayotda ogʻishmay amal qilishda, boshqa dinga eʼtiqod qiluvchilar va boshqacha fikrlovchilarga nisbatan murosasizlikda namoyon boʻladigan xohish-istaklarni tushunmoq lozim.