Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 18-band. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “n” bandi bilan…

Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “n” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun inson aʼzolarini va (yoki) toʻqimalarini olish yoki murdadan olingan qism (boʻlak)lardan foydalanishga nisbatan toʻgʻri qasd mavjudligini aniqlash zarur. Bunda aybdor qotillikdan koʻzlangan maqsadga erishgan boʻlishi shart emas.