Qasddan odam oʻldirish jinoyati sodir etilgunga qadar qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan oʻta xavfli retsidivist deb topilgan shaxslarning harakatlari, agar sudlanganlik holati tugallanmagan yoki qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmagan boʻlsa, JK 97-moddasi ikkinchi qismining “s” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi. Sudlar sudlanuvchining harakatlarini kvalifikatsiya qilishga taʼsir etuvchi shaxsiga oid maʼlumotlarni sinchkovlik bilan tekshirishlari lozim.