Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 24-band. Qonun mazmuniga koʻra, agar qasddan odam oʻldirish toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy…

Qonun mazmuniga koʻra, agar qasddan odam oʻldirish toʻsatdan yuz bergan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa chegarasidan yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralari chegarasidan chetga chiqib sodir etilgan boʻlsa, bunday jinoyat JK 97-moddasi ikkinchi qismining “a” , “b” , “v” , “d” , “j” , “r” , “s” bandlarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari boʻyicha sodir etilgan deb baholanmasligi lozim.