Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish faqat toʻgʻri qasd bilan sodir etilishi mumkin…

Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish faqat toʻgʻri qasd bilan sodir etilishi mumkin, chunki, bunda aybdor oʻz qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, jabrlanuvchining oʻlimiga koʻzi yetgan va uning oʻlimini istagan boʻladi, biroq oʻlim aybdorga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra (jabrdiydaning faol qarshiligi, boshqa shaxslarning aralashuvi, jabrlanuvchiga oʻz vaqtida tibbiy yordam koʻrsatilganligi va h.k tufayli) yuz bermaydi. Shu sababli, aybdorning jabrlanuvchini hayotdan mahrum etish niyatida harakat qilgan-qilmaganligini, oʻlim yuz berishini istagan-istamaganligini va qanday holatlar istalgan natija yuz berishiga toʻsqinlik qilganligini aniqlash zarur.