Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 30-band. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari qasddan odam oʻldirishga oid…

Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instansiyasi sudlari qasddan odam oʻldirishga oid jinoyat ishlarini birinchi instansiya sudlari tomonidan qonun talabiga qatʼiy rioya etgan holda koʻrib chiqilishini taʼminlasinlar, hukmlarning qonuniy, asosli va adolatliligini sinchiklab tekshirsinlar, yoʻl qoʻyilgan qonunbuzarlik va xatolarni oʻz vaqtida aniqlab, bartaraf etsinlar.