Qasddan odam oʻldirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan…

Qasddan odam oʻldirish jinoyatini JK 97-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi bilan kvalifikatsiya qilish uchun aybdor jabrlanuvchining homiladorligini (tashqi belgilar va boshqa faktik maʼlumotlar mavjudligi) bilganligi aniqlangan boʻlishi kerak. Homiladorlik muddati, shuningdek, homilador ayol oʻldirilishi natijasida uning homilasi nobud boʻlgan-boʻlmaganligi qilmishni kvalifikatsiya qilish uchun ahamiyatga ega emas. Agar aybdor yanglish taxmin asosida, aslida homilador boʻlmagan ayolni homilador, deb qasddan oʻldirgan boʻlsa, basharti uning harakatlarida JK 97-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlmasa, qilmish JK 97-moddasining birinchi qismi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi.