Sudlar shuni eʼtiborga olishlari lozimki, Jinoyat kodeksining 247 , 248-moddalari boʻyicha javobgarlik foydalanish uchun yaroqli boʻlgan oʻqotar qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalarini yoxud foydalanishga yaroqsiz oʻqotar qurol yoki portlatish qurilmalarini egallagan, egalik qilgan, olgan, olib yurgan, saqlagan yoki oʻtkazganda (basharti ularni yaroqli holatga keltirish uchun aybdor aniq imkoniyatga ega boʻlgan boʻlsa) kelib chiqadi.