Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. Sudlar shuni alohida eʼtiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga…

Sudlar shuni alohida eʼtiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga koʻra, sud hujjati yangi ochilgan holat boʻyicha shu hujjatni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta koʻriladi. Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida oʻzgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan boʻlsa, faqat shu sud instansiyasi qayta koʻrib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki bekor qilingan boʻlsa, yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarining sud hujjati IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan oʻzgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi