Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha…

IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani koʻrib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqidagi arizani IPK 107-moddasining 3 va 8-bandlariga mos holda koʻrmasdan qoldirish yoki ariza boʻyicha ish yuritishni IPK 110-moddasining 4 — 6-bandlariga mos holda tugatish mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha chiqarilgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari taftish instansiyasining ajrimi ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.