Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Boshqa ish boʻyicha iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat…

Boshqa ish boʻyicha iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari boʻyicha sudning, jinoyat ishlari boʻyicha sudning yoki maʼmuriy sudning yoxud boshqa organning hujjati bekor qilinganligi iqtisodiy sud hujjatini yangi ochilgan holat boʻyicha qayta koʻrish uchun asos boʻlishi mumkin (IPK 327-moddasining 4-bandi ), basharti, agar bekor qilingan hujjat iqtisodiy sudning qayta koʻrib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan boʻlsa. Bunda boshqa organ qarori bekor qilingan deganda ushbu hujjatning haqiqiy emas deb topilganligini tushunish lozim.