Sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daromadlar, toʻxtatib qoʻyilgan pensiya va nafaqalar miqdorini aniqlashda, ushbu shaxs qonunga xilof ravishda ushlab turilgan, ehtiyot chorasi sifatida qonunga xilof ravishda qamoqda yoki uy qamogʻida saqlangan, tibbiy muassasaga joylashtirilgan yoki noqonuniy qaror (hukm, ajrim) chiqarilganligi natijasida ish haqi yoki pensiya va nafaqalar toʻlash toʻxtatilgan yoki qonuniy daromadlaridan mahrum boʻlgan paytdan reabilitatsiya qilish haqida qaror chiqarilgan paytga qadar boʻlgan davrni inobatga olishi lozim. Reabilitatsiya etilgan shaxsga toʻlanishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlar miqdori uning ilgari ishlagan lavozimiga toʻlangan ish haqi va boshqa daromadlarini hisoblash orqali aniqlanadi. Bunda shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan mahrum boʻlgan vaqtdan, reabilitatsiya haqida qaror chiqarilgunga qadar boʻlgan butun davri uchun shaxs boshqa daromadga ega boʻlgan, boʻlmaganidan qatʼiy nazar oylik ish haqini oʻsib borishi hisobga olingan holda undirilishi lozim. Shaxs jazoni oʻtagach ilgari ishlagan lavozimida ish faoliyatini davom ettirgan holatlarda qayta ishga tiklangunga qadar boʻlgan davri boʻyicha ish haqi va boshqa daromadlari hisoblanadi. Muqaddam ishlamagan shaxsga qonunga xilof ravishda ushlangan, jazoni oʻtagan davridagi daromadlari bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi tomonidan hisoblangan ishsizlik nafaqasi miqdoridan hisoblanadi. Bunday shaxslarga ular jazoni oʻtaganidan soʻng reabilitatsiya qilingunga qadar boʻlgan davri boʻyicha daromadlari undirib berilmaydi. Qonunda muayyan muddatga saylanishi yoki tayinlanishi nazarda tutilgan (sudya, deputat va h.k); lavozimlarda ishlagan shaxslar reabilitatsiya etilganda, shaxsga nisbatan sodir etilgan qonunga xilof harakatlar natijasida mahrum boʻlgan ish haqi va mehnatdan topiladigan boshqa daro