Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 14-band. JPK 305-moddasiga koʻra, sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi, JPK…

JPK 305-moddasiga koʻra, sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi, JPK 304-moddasining 1 , 3 , 4 , 5 va 6-bandlarida koʻrsatilgan ziyon reabilitatsiya qilingan shaxs ishlagan hududdagi, agar shaxs ishlamagan boʻlsa, jinoyat sodir etilgan deb topilgan hududdagi moliya organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahri shahar budjetidan (Budjet kodeksi 71-moddasining oltinchi qismi) tomonidan, 2-bandida koʻrsatilgan ziyon Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlari tomonidan davlat budjeti hisobidan qoplanishini aniq koʻrsatishi lozim.