JPK 313-moddasiga koʻra, reabilitatsiya qilingan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish JPKning 38-bobida belgilangan qoidalarga va “Reabilitatsiya etilgan harbiy xizmatchilarning xizmatga oid, pensiya olish, uy-joydan foydalanish va boshqa shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini tiklash va ularga yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash, maʼnaviy ziyon oqibatlarini bartaraf etish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga asosan amalga oshiriladi. Bunda, Nizom va amaldagi qonun talablari oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasi talabiga muvofiq, qonun normalari qoʻllaniladi.