Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 3-band. Reabilitatsiya asoslariga koʻra yetkazilgan ziyonni qoplanishini va boshqa huquqlarini…

Reabilitatsiya asoslariga koʻra yetkazilgan ziyonni qoplanishini va boshqa huquqlarini tiklanishini talab qilish huquqiga: shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib noqonuniy yoki asossiz deb topilib, jinoyat ishi JPK 83-moddasining 1 , 2 , 3-bandlari (ish qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari yoki sud muhokamasi oʻtkazilgan ish boʻyicha jinoyat hodisasi yuz bermagan boʻlsa, shaxsning qilmishida jinoyat tarkibi boʻlmasa, shaxsning sodir etilgan jinoyatga aloqasi boʻlmasa); Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 36-moddasi (jinoyat sifatida nazarda tutilgan qilmishning alomatlari mavjud boʻlsada, oʻzining kam ahamiyatliligi tufayli ijtimoiy xavfli boʻlmagan harakat yoki harakatsizlik jinoyat deb topilmasligi) asoslarida tugatilgan shaxslar ega boʻladi. Ish boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sudning qaroriga koʻra qonunga xilof ravishda asossiz qoʻllangani sababli bekor qilinganda, tibbiy muassasaga joylashtirilgan shaxslar ham reabilitatsiya asoslariga koʻra huquqlarini tiklashni talab qilishi mumkin.