Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan ziyonni qoplash va uning boshqa huquqlarini tiklash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 7-band. JPK 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni…

JPK 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish toʻgʻrisidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning oʻziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirish, mehnat qilish, pensiya olish va uy-joydan foydalanish huquqlarini tiklash, shuningdek mol-mulkni qaytarish yoki uning qiymatini toʻlash toʻgʻrisidagi talabi boʻyicha JPKning 304-313-moddalarida nazarda tutilgan tartibda bartaraf qilish huquqini eʼtirof etadi (JPK 306-moddasi 1-qismi va 311-moddasi ). Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish, shuningdek mulkiy va maʼnaviy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklash tartibi tushuntiriladi.