Reabilitatsiya etilgan shaxsga yetkazilgan maʼnaviy zarar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 57-bobi, 4-paragrafi talablari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2000-yil 28-apreldagi “Maʼnaviy zararni qoplash haqidagi qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi 7-sonli qarori tushuntirishlaridan kelib chiqib, fuqarolik ish yurituvi tartibida hal etiladi.