Respublika sudlari tomonidan ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash amaliyoti bilan bogʻliq ayrim masalalar toʻgʻrisida 1-band. Sudlarga tushuntirilsinki

Sudlarga tushuntirilsinki: a) ommaviy tartibsizliklarning faqat tashkilotchilari va ishtirokchilari agarda ular bevosita qirgʻinlar qilishda, vayronagarchiliklar, oʻt qoʻyishlar va boshqa shu kabi harakatlarni sodir etgan boʻlsalar yoki hokimiyat vakillariga qurolli qarshilik koʻrsatgan boʻlsalar Jinoyat kodeksining 244-moddasi bilan jinoiy javobgar boʻladilar, agar bir guruh shaxslarning harakatlari jamoat tartibini buzsa, lekin qirgʻinlar qilish, vayronagarchiliklar, oʻt qoʻyishlar va boshqa shu kabi harakatlar bilan birgalikda sodir etilmagan boʻlsa, bunday harakatlar ommaviy tartibsizliklar deb hisoblanishi mumkin emas, tegishli holatlar mavjud boʻlsa, JKning 277-moddasi bilan javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi; b) agar ommaviy tartibsizliklarning ishtirokchilari tomonidan, oʻgʻrilashlar, talonchilik, bosqinchiliklar qilish va boshqa alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatlar sodir etilganda jinoyatlar majmuasi bilan tavsiflanadi; v) shaxsga nisbatan zoʻrlik ishlatish deyilganda jabrlanuvchining badaniga shikast yetkazish va shu kabi uning erkinligini cheklovchi va qonuniy huquqlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qiluvchi har qanday boshqa xatti-harakatlar tushunilmogʻi kerak; g) ommaviy tartibsizliklar jarayonida ishlatiladigan qurol deyilganda, oʻqotar quroli, sovuq qurol yoki insonga jismoniy shikast yetkazish va uni hayotidan mahrum qilish uchun maxsus tayyorlangan yoxud moslashtirilgan boshqa moslamalar tushunilmogʻi kerak. Metall zanjirlar, qirqilgan truba, armatura va hokazolar ham qurol sifatida ishlatilishi mumkin; d) ommaviy tartibsizliklarda faol qatnashish bevosita qirgʻin solish, oʻt qoʻyish, vayron qilish va hokazolarda ifodalanishi mumkin; e) biror bir jinoiy harakatni sodir etmagan, ammo ommaviy tartibsizlik jarayonida olomon orasida boʻlgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilmaydilar, balki yigʻilishlar, mitinglar, koʻcha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, oʻtkazish tartibini buzganligi uchun Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisi