Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 12-band. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha himoyachi…

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha himoyachi bilan bir qatorda oʻziga nisbatan bunday masala koʻrilayotgan shaxsning qonuniy vakili ishtirok etishi mumkin. Qonuniy vakil sifatida, jumladan, bolalikka oluvchilar, homiylar, vasiylar, yaqin qarindoshlar, shuningdek vasiylik va homiylik organlari vakillari tan olinishi mumkin. Sud qonuniy vakilga ishdagi materiallar bilan tanishish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, dalillar taqdim etish, iltimosnoma va raddiyalar berish, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, sud ajrimi ustidan shikoyat berish (JPK 581-moddasi ) uchun imkoniyat yaratib berishi shart. Zarurat boʻlganda, sud qonuniy vakilni guvoh sifatida soʻroq qilishi mumkin.