Agar ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasi bilan kelib tushgan ish boʻyicha sud muhokamasi vaqtida ishi koʻrilayotgan shaxsni aqli noraso deb topish mumkinligi xususida asoslar kelib chiqsa yoki unda jinoyat sodir etilganidan soʻng ruhiy holati buzilganligi aniqlansa, basharti ishni ayblov dalolatnomasi, ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish uchun boshqa asoslar boʻlmasa, sud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi masalani JPK 61-bobida belgilangan tartibda hal qilishi mumkin.