Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 16-band. Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish bir necha shaxs tomonidan sodir…

Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish bir necha shaxs tomonidan sodir etilgan hollarda, sud ulardan ayrimlarining aybdorligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish bilan bir paytda boshqalariga — ushbu qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan yoki jinoyat sodir etganidan keyin ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida ajrim chiqarishga haqli. Agar qayd etilgan shaxslarga nisbatan ishni birga koʻrib chiqish imkoniyati boʻlmasa, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi materiallar alohida ish yurituvga ajratilishi lozim.