Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 22-band. Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan deb topilgan…

Aqli noraso yoki jinoyat sodir etilganidan keyin ruhiy holati buzilgan deb topilgan shaxslarga doir ishlar boʻyicha ashyoviy dalillar masalasi sudlar tomonidan JPK 211-moddasi talablariga monand hal etilishi lozim. Sud xarajatlari, jumladan, huquqiy yordam koʻrsatganlik uchun haq bunday shaxslardan JPK 320-moddasiga koʻra undirilmasdan davlat hisobidan toʻlanadi.