JK 93-moddasiga muvofiq, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi: yashash joyi boʻyicha ruhiy-asab kasalliklari dispanserida (tuman (shahar) psixiatrining xonasida) majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish; yashash joyi boʻyicha umumiy tartibli psixiatriya muassasasining umumiy kuzatiladigan boʻlimida majburiy davolanish; umumiy tartibli psixiatriya muassasasining maxsus reabilitatsiya boʻlimida majburiy davolanish; kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish; jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada majburiy ambulatoriya kuzatuvida boʻlish va davolanish. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari turini belgilashda sud har doim JK 94-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga amal qilishi lozim.