Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 7-band. Jinoyat sodir etgandan keyin, biroq hukm chiqarilganga qadar ruhiy holati buzilganligi…

Jinoyat sodir etgandan keyin, biroq hukm chiqarilganga qadar ruhiy holati buzilganligi aniqlangan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari tayinlanganda jinoyat ishini yuritish ruhiy holat buzilgan paytdan boshlab, sogʻaygunga qadar toʻxtatiladi (JPK 366 , 569-moddalari ). Shaxs tuzalgandan soʻng jinoyat ishini yuritish qayta tiklanadi va shaxs umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka yoki jazoga tortilishi mumkin, basharti jinoiy javobgarlikka tortish muddatlari (JK 64-moddasi ) oʻtib ketmagan yoki shaxsni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qilish uchun boshqa asoslar yuzaga kelmagan boʻlsa. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini bekor qilish va jinoyat ishini yuritishni qayta tiklash uchun shaxs davolangan psixiatriya muassasasi shifokorlar komissiyasining xulosasi asos boʻladi. Agar shaxsning aqli rasoligi yoki ruhiy holati yuzasidan asosli gumon kelib chiqsa, sud JPK 568-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etgan holda sud-psixitriya ekspertizasi tayinlashi mumkin.