Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, jinoyat ishi boʻyicha tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash bilan bogʻliq masalalar JPK 61-bobida belgilangan qoidalarga muvofiq koʻrib chiqiladi. Alohida ish yurituvga oʻtish toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) jinoyat protsessi bosqichidan kelib chiqib, dastlabki tergov organi, prokuror yoki sud tomonidan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchida ruhiy buzilish borligi toʻgʻrisida sud-psixitriya ekspertizasi xulosasi olingandan soʻng qabul qilinadi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yurituv boshlanganligi va sud-psixitriya ekspertizasi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi qaror (ajrim) oʻziga nisbatan bunday ish yurituv olib borilayotgan shaxsga uning JPK 570-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqlari tushuntirilgan holda eʼlon qilinadi.