Ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida 9-band. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida JPK 572 , 573-moddalarida…

Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida JPK 572 , 573-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga yuborilgan ish sudlovga tegishlilik toʻgʻrisidagi umumiy qoidalarga rioya etilgan holda koʻriladi. JPK 534-moddasiga muvofiq, jazoni oʻtashdan ozod qilinayotgan shaxsga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash masalalariga doir materiallar, shuningdek tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish yoki tugatishga doir JPK 578 — 580-moddalarida nazarda tutilgan tartibda sudga kelib tushgan materiallar tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllagan sud yoki bunday chora qoʻllanilgan joydagi sud tomonidan koʻriladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar va materiallar sud tomonidan JPK 13-moddasida nazarda tutilgan tarkibda koʻriladi.