Shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish toʻgʻrisidagi yoki uning statsionarda yotishi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi arizada “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunida koʻrsatilgan asoslar koʻrsatilishi kerak. Arizaga shifokor psixiatrlardan iborat komissiyaning shaxsni psixiatriya statsionariga yotqizish zarurligi yoxud shaxsning psixiatriya statsionarida bundan keyin boʻlishi zarurligi toʻgʻrisidagi asoslantirilgan xulosasi ilova qilinishi lozim. Sud arizani qabul qilish bilan bir paytda arizani sudda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan muddatda shaxsning psixiatriya statsionarida boʻlib turishi masalasini hal etadi (FPK 317-moddasining toʻrtinchi qismi ).