Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 15-band. Majburiyatlarning ayrim turlari, jumladan, garov, oldi-sotdi, aksiyalarni oʻzganing…

Majburiyatlarning ayrim turlari, jumladan, garov, oldi-sotdi, aksiyalarni oʻzganing egaligiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq nizolarni koʻrishda sudlar ishni toʻgʻri hal qilish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan bitimni haqiqiy emas deb topish asosini aniqlashlari lozim.