Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 20-band. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, kimoshdi savdosini oʻtkazish qoidalarining…

Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, kimoshdi savdosini oʻtkazish qoidalarining buzilganligi kimoshdi savdosi natijasi boʻyicha tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish uchun asos boʻladi. Bunda sud bitimni FKning 116-moddasiga asosan haqiqiy emas deb topadi.