Oʻzbekiston Respublikasi FKning 101-moddasiga muvofiq bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va burchlarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan harakatlari tushuniladi. Bitimlarni haqiqiy deb topish haqidagi daʼvolarni koʻrishda sudlar haqiqatan ham, taraflar oʻrtasida bitim tuzish haqida kelishuv boʻlganligi, bitim shartlarining toʻliq yoki qisman bajarilganligi va bitimni notarial tasdiqlashga monelik qilgan sabablarni aniqlashlari lozim.