Sud amaliyotida bitimlarni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tatbiq qilishda vujudga keladigan ayrim masalalar toʻgʻrisida 5-band. Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida…

Basharti qonun yoki majburiyatlarning ayrim turlarini tartibga soluvchi FK normalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, bitimlarni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi talablar boʻyicha umumiy daʼvo muddati – uch yil. Bunda FKning 160-moddasi talabiga muvofiq daʼvo muddatining toʻxtatilishi, uzilishi va tiklanishi haqidagi FKning 156 , 157 , 159-moddalari qoidalari, agarda qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, majburiyatlarning ayrim turlariga ham taalluqlidir.