Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 10-band. Davlat ijrochisi ijro hujjatini sud, boshqa organ yoki undiruvchidan ijro qilish uchun…

Davlat ijrochisi ijro hujjatini sud, boshqa organ yoki undiruvchidan ijro qilish uchun qabul qilib olishi va ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatishi shart. Agar ijro hujjati ijroga topshirish muddati oʻtib ketganidan keyin yuborilgan boʻlsa yoki ijro hujjati Qonunning 8-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatini qaytarib yuborish haqida qaror chiqaradi. Davlat ijrochisining har qanday ijro hujjatini qaytarib yuborish haqidagi qarori ustidan MSIYUtKda belgilangan tartibda maʼmuriy sudga shikoyat berilishi mumkin.