Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 13-band. Apellyatsiya va taftish instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini…

Apellyatsiya va taftish instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra shikoyat boʻyicha ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishga haqli (IPKning 271-moddasi, MSIYUtKning 212-moddasi, FPKning 419¹³-moddasi, MSIYUtKning 265-moddasi va IPKning 323-moddasi). Sudlarning eʼtibori FPKning 407⁶-moddasi, IPKning 294-moddasi va MSIYUtKning 236-moddasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi nizolashilayotgan sud hujjatining ijrosini ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya tartibida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻxtatib turishi shartligiga qaratilsin. Sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyat bilan birga taqdim etilgan boʻlsa, ushbu iltimosnomani koʻrib chiqish natijasi haqida shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi. Agar, sud hujjatining ijrosini toʻxtatib turish haqida iltimosnoma shikoyatni ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgandan keyin taqdim qilingan holda, bunday iltimosnoma boʻyicha alohida ajrim chiqariladi.