Sud hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlarini qoʻllash boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida 5-band. Ijro varaqasining asli yoʻqotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPKning 450-moddasi va…

Ijro varaqasining asli yoʻqotilgan taqdirda, qaror chiqargan sud, FPKning 450-moddasi va IPKning 341-moddasi talablariga muvofiq, ijro varaqasining dublikatini berishi mumkin. Bunda sudlar ijro varaqa dublikatini berishni Qonunning 43-moddasida nazarda tutilgan yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi tiklanishidan farqlashlari lozim. Chet davlat hududida ijro etilishi lozim boʻlgan sud qarori boʻyicha ijro varaqasining dublikatini berish xalqaro va ikki davlat oʻrtasida tuzilgan kelishuvlarda nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. 5.1. Sudlarga tushuntirilsinki, yoʻqotilgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, ijro ishi yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjati bergan sud yoki boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin. Sudlar bu haqdagi arizani Qonunning 43-moddasi, FPKning 462-moddasi va IPKning 30-bobida belgilangan qoidalari asosida koʻrib chiqadilar.