Jinoyat qonuni mazmuniga koʻra, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo bilan, shu jumladan, bir necha jinoyatlar uchun (jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha) tayinlangan jazo bilan bevosita bogʻliq. Shaxsga jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha (JK 59 , 60-moddalari ) jazo belgilashda barcha qilmishlarning ogʻirligini inobatga olib, uzil-kesil jazo tayinlanishi tufayli, bunday holda sudlanganlik holatining tugallanish muddati uzil-kesil jazo turi va muddatidan kelib chiqib hisoblanishi lozim. Ayni paytda, agar jinoyatlar yoki hukmlar majmui boʻyicha sud tomonidan har xil turdagi, har qaysisi alohida ijro etiladigan jazo (JK 61-moddasining ikkinchi qismi ) tayinlangan boʻlsa, sudlanganlik holatining tugallanish muddati jazo tizimida (JK 43-moddasi ) nazarda tutilgan ogʻirroq jazo muddatidan kelib chiqib hisoblanadi.