Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 11-band. OK 27-moddasining toʻqqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning umumiy…

OK 27-moddasining toʻqqizinchi qismida nikohdan ajratilgan er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi talablar uchun belgilangan uch yillik daʼvo muddatining oʻtishini nikoh tugatilgan vaqtdan (fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajratish qayd etilgan yoki sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan) emas, balki shaxs oʻz huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan kundan boshlab hisoblash lozim (FK 154-moddasining birinchi qismi ). Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, daʼvo muddati faqat tarafning birinchi instansiya sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar bergan arizasiga asosan qoʻllaniladi. Sud daʼvo muddatini oʻz tashabbusi bilan qoʻllashga haqli emas.