Er-xotindan biriga mol-mulkni asl holida berish masalasini hal etishda sud mol-mulkning xususiyati va nima uchun moʻljallanganligi, uni sotib olish shartlari va boshqa eʼtiborga molik holatlarni inobatga olishi lozim. Masalan, avtotransport vositasini boʻlishda sud er-xotindan qay biri undan amalda foydalanganligi, texnik holatiga qarab kelganligi, haydovchilik guvohnomasi borligi va boshqa holatlarni eʼtiborga oladi.