Boʻlinishi lozim boʻlgan mol-mulk qiymati ish koʻrilgan vaqtdagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Turar joy yoki boshqa koʻchmas mulkning qiymati nizoli obyekt turgan joydagi narxdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Er va xotinning umumiy mol-mulki qiymati yuzasidan nizo boʻlganda tegishli ekspertiza tayinlanishi mumkin.