Umumiy mol-mulkni boʻlishda sud er va xotinning har biriga qaysi mol-mulk berilishini belgilaydi. Er va xotinning birgalikdagi umumiy mulkida ikki yoki undan ortiq turar joy mavjud boʻlsa (uy, kvartira) sud er va xotindan qay birining egaligiga u yoki bu turar joy oʻtishini belgilashi lozim. Taraflardan biriga uning mol-mulkdagi ulushidan ortiq qiymatga ega boʻlgan mol-mulk berilgan hollarda sud boshqa tarafga pul kompensatsiyasi toʻlashni belgilaydi. Sud hujjatining xulosa qismida aynan qaysi mol-mulk qaysi tarafga berilganligi, kompensatsiya miqdori va uni toʻlashi lozim boʻlgan shaxs aniq koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, pul kompensatsiyasi undirish belgilangan hollarda sud hujjatining xulosa qismida er yoki xotinning biriga oʻtgan mol-mulkka egalik huquqi pul kompensatsiyasi toʻlab berilganidan keyin vujudga kelishi koʻrsatilishi shart.