Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 17-band. Huquqi buzilgan er yoki xotin er-xotindan biri tomonidan umumiy mol-mulkni tasarruf etish…

Huquqi buzilgan er yoki xotin er-xotindan biri tomonidan umumiy mol-mulkni tasarruf etish boʻyicha amalga oshirilgan bitim yuzasidan nizolashganda, nizo OK 24-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari talablariga asosan hal qilinishi lozim. Ushbu moddada belgilangan maxsus daʼvo muddatini qoʻllash FK 153-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi berilgandan keyin er yoki xotindan biri vafot etgan taqdirda, sud protsessual huquqiy vorislik tartibida uni merosxoʻrlari bilan almashtiradi (FPK 47-moddasi ).