Mazkur toifadagi ishlar boʻyicha daʼvo arizalari sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalariga koʻra, javobgar doimiy yashab turgan yoki doimiy mashgʻul boʻlgan joydagi sudga beriladi. Shuningdek, daʼvo arizasini qabul qilishda FPK 35-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilikning alohida qoidalari ham inobatga olinishi lozim.