Umumiy mol-mulkni boʻlishda er-xotinning umumiy qarzlari (OK 28-moddasining uchinchi qismi ) va oila manfaatlari yoʻlida vujudga kelgan majburiyatlar ham inobatga olinadi. Biroq, sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, toʻyni, shuningdek nikoh marosimlari bilan bogʻliq boshqa tadbirlarni oʻtkazish uchun olingan qarzlar va boshqa xarajatlar bunda inobatga olinmaydi (OK 44-moddasi ).