Quyidagi mulkiy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar fuqarolik qonunchiligi boʻyicha hal etiladi: nikohni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan bir oila boʻlib yashaydigan shaxslarning mulkiy nizolari; dehqon va fermer xoʻjaliklarining, xususiy korxona va oilaviy korxonaning mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolar; nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning mulkiy nizolari. Nikohi haqiqiy emas deb topilgan shaxslarning birgalikda orttirgan mol-mulkini boʻlish haqidagi nizolarni koʻrishda sudlar OK 56-moddasining toʻrtinchi qismiga asosan, bunday nikoh tuzilishi bilan huquqi buzilgan er yoki xotin (insofli er yoki xotin) manfaatida OK 23 , 27 va 28-moddalarini qoʻllashga haqli.