Sudlar tomonidan er va xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish haqidagi ishlarni koʻrishda qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 3-band. Sud tartibida taraflar yoki biror-bir asosga koʻra uchinchi shaxslarning (masalan, ijara…

Sud tartibida taraflar yoki biror-bir asosga koʻra uchinchi shaxslarning (masalan, ijara, mulkdan tekin foydalanish, omonat saqlash va shu kabi shartnomalar boʻyicha) egaligida yoki foydalanishida boʻlgan mol-mulk boʻlinishini inobatga olib, sudlar daʼvo arizasini qabul qilish va ishni sud muhokamasiga tayyorlashda mol-mulklar haqida tegishli maʼlumotlarni aniqlab olishlari zarur. Bu toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlashda, sud taraflarning arizasi yoki oʻz tashabbusiga koʻra, daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi lozim. Daʼvoni taʼminlash choralarining saqlanish muddati va ularni bekor qilish masalalari FPK 112-moddasi talablari asosida tartibga solinadi.