Tushuntirilsinki, Oila kodeksi 157-moddasiga muvofiq, agar bola er-xotinning har ikkalasi tomonidan farzandlikka olinmayotgan boʻlsa, bunga xotin (er)ning roziligi talab etiladi. Bunday rozilik er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan va er(xotin)ning turar joyi nomaʼlum boʻlgan hollardagina talab qilinmaydi.