Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 14-band. Farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari boʻlib, ular ham…

Farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari boʻlib, ular ham ota-onaning qaramogʻidan mahrum boʻlsalar va ularga nisbatan arizachi ularni ham farzandlikka olish istagini bildirmagan yoxud ularni boshqa shaxs farzandlikka olish istagini bildirgan boʻlsa, bolani farzandlikka olishga uning manfaatiga muvofiq kelsagina (masalan, bolalarga ularning qarindoshligi haqida maʼlum boʻlmasa, bolalar birgalikda yashamagan va tarbiyalanmagan boʻlsalar, turli bolalar muassasalarida boʻlsalar, sogʻliqlarining holatiga koʻra birga yashashlari va tarbiyalanishlari mumkin boʻlmasa) yoʻl qoʻyiladi. Shu sababli sud Oila kodeksi 151-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq farzandlikka olinayotgan bolaning aka-ukalari va opa-singillari borligini, shuningdek ishni koʻrish vaqtida ularni farzandlikka olish uchun asoslar mavjud yoki mavjud emasligini, ular turli shaxslar tomonidan farzandlikka olinayotganda esa, bu ularning manfaatlariga zid kelish-kelmasligini aniqlashi kerak.