Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar boʻyicha qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida 21-band. Farzandlikka olishga faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda yoʻl qoʻyilishini…

Farzandlikka olishga faqatgina bola manfaatidan kelib chiqqan holda yoʻl qoʻyilishini inobatga olgan holda sudlar, mazkur toifadagi ishlarni koʻrishda har bir holatda ariza qanoatlantirilishi bola manfaatlariga qanchalik mos kelishini tekshirishlari lozim. Shu sababli, qaror qabul qilishda farzandlikka oluvchi (oluvchilar)ning maʼnaviy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, uning va u bilan birga yashovchi shaxslarning sogʻliqlarini, oilada shakllangan munosabatlar xarakterini va arizani toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlarni hisobga olish lozim.