Sudlarning eʼtibori, mazkur toifadagi ishlarni sud muhokamasiga tayyorlash, FPK 301-moddasi talablariga muvofiq amalga oshirilishiga qaratilsin. Ishni sud muhokamasiga tayyorlash vaqtida sudya, bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasi yoki onasini) ishda ishtirok etish uchun jalb qilish masalasini hal qilishi lozim. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 1-iyundagi PF-82-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi, shuningdek, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilganligini inobatga olib, farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining zimmasiga yuklatilishini nazarda tutish lozim. Bunday xulosani taqdim etish majburiyati sudning ajrimi bilan qatʼiy ravishda farzandlikka olinayotgan bolaning aynan yashash (turar) joyidagi vasiylik va homiylik organi zimmasiga yuklatiladi (FPK 301-moddasining birinchi qismi). Sudlar xulosaning Nizom talablariga muvofiqligi, xususan, uning vakolatli organlar (shaxslar) tomonidan berilgan-berilmaganligi, tegishli imzolar va muhrlar bilan tasdiqlangan-tasdiqlanmaganligi, xulosaga FPK 301-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar ilova qilingan-qilinmaganligi masalasiga alohida eʼtibor qaratishi lozim. Agar vasiylik va homiylik organi xulosasiga barcha tegishli hujjatlar ilova qilinmagan yoxud xulosa yoki hujjatlar ularga qoʻyilgan talablarga javob bermaydigan boʻlsa, sud tegishli xulosa va hujjatlarni talab qilib olishi lozim. Nazarda tutish kerakki, farzandlikka olinuvchining