Sudlarga tushuntirilsinki, ekspert xulosasidan, agar u FPK talablariga qatʼiy muvofiq holda tayinlangan va oʻtkazilgan sud ekspertizasi natijasi boʻyicha tuzilgan boʻlsa, mustaqil isbotlash vositasi turi sifatida foydalanilishi mumkin. Protsessual qonun talablariga rioya qilinmagan holda olingan har qanday boshqa xulosalar isbotlash vositasi sifatida foydalanilishi mumkin emas. Taraf tadqiqot predmetini (zarur materiallar va hujjatlarni) ekspertga berishdan yoki ekspertiza oʻtkazilishida shaxsan ishtirok etishdan uzrli sabablarsiz bosh tortganda, sud qaysi taraf uzrli sabablarsiz ekspertizadan bosh tortganligi, shuningdek uning uchun oʻtkazilmay qolgan ekspertiza qanday ahamiyatga ega ekanligidan kelib chiqib, aniqlanishi uchun ekspertiza tayinlangan fakt aniqlangan yoki rad etilgan deb topishga haqli.